Jaloliddin Ahmadaliyev — Chiroylisan

Jaloliddin Ahmadaliyev - Chiroylisan Тексты и слова песен

Goh g‘iybatga bo‘lamiz nishon

Goh sinovdan lol-u parishon

Ne bo‘lsa ham ayolim ishon

Seni juda yaxshi ko‘raman

 

Ismingni ham yurakga o‘yib

O‘zgalardan qizg‘onib, kuyib

Muhabbating yurakga tuyib

Seni juda yaxshi ko‘raman

Seni juda yaxshi ko‘raman

 

Chiroylisan oydan ham

Kundan ham, soydan ham (2x)

 

Chiroylisan, ojizam

Ojizam, ojizam

 

Sensiz bo‘lar dilim g‘amxona

Sevgingdan mastman, mastona

Gohi oshkor, gohi pinhona

Seni juda yaxshi ko‘raman

 

Yonimdasan, hasratim yiroq

Uzoq ketsang ko‘nglimda titroq

Bilmaysan-da o‘zingdan ko‘proq

Seni juda yaxshi ko‘raman

Seni juda yaxshi ko‘raman

 

Chiroylisan oydan ham

Kundan ham, soydan ham (2x)

 

Chiroylisan, ojizam

Ojizam, ojizam

 

Quyoshimsan kunduz osmonda

Nafasimsan olgan havomda

Ishonganim yolg‘on dunyoda

Seni juda yaxshi ko‘raman

 

Goh taqdirning o‘ng-u so‘lida

Ajralmasdan sinov yo‘lida

Rizo istab Olloh yo‘lida

Seni juda yaxshi ko‘raman

Seni juda yaxshi ko‘raman

 

Chiroylisan oydan ham

Kundan ham, soydan ham

Chiroylisan oydan ham

Kundan ham, soydan ham

Chiroylisan, ojizam

Ojizam, ojizam.

 

Chiroylisan oydan ham

Kundan ham, soydan ham

Chiroylisan oydan ham

Kundan ham, soydan ham

Chiroylisan, ojizam

Ojizam, ojizam

Поделиться или сохранить к себе:
Тексты и переводы песен